وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ تَعْنِي رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَنَامُ أَوَّلَ اللَّيْلِ وَيُحْيِي آخِرَهُ ثُمَّ إِنْ كَانَتْ لَهُ حَاجَةٌ إِلَى أَهْلِهِ قَضَى حَاجَتَهُ ثُمَّ يَنَامُ فَإِنْ كَانَ عِنْدَ النداء الأول جنبا وثب فَأَفَاضَ عَلَيْهِ الماس وَإِنْ لَمْ يَكُنْ جُنُبًا تَوَضَّأَ لِلصَّلَاةِ ثُمَّ صلى رَكْعَتَيْنِ "
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «U zot kechaning avvalida uxlar, oxirini esa (ibodat bilan) tiriltirardilar. Soʻng ahllariga ehtiyojlari boʻlsa, ehtiyojlarini bajo keltirib, soʻng uxlardilar. Birinchi azon (vaqti) boʻlganda» — (Oisha) «sapchib turardilar» dedi, ‹qomat qildilar› demadi, vallohi! — «soʻng ustlaridan suv quyardilar» — vallohi, ‹gʻusl qildilar› demadi, lekin men u (ayolning) nimani nazarda tutayotganini bilaman — «agar junub boʻlmasalar, kishi namozga tahorat olganidek tahorat olib, soʻng ikki rakʼat oʻqirdilar».