عَنْ أَبِي أُمَامَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «عَلَيْكُمْ بِقِيَامِ اللَّيْلِ فَإِنَّهُ دَأْبُ الصَّالِحِينَ قَبْلَكُمْ وَهُوَ قُرْبَةٌ لَكُمْ إِلَى رَبِّكُمْ وَمَكْفَرَةٌ لِلسَّيِّئَاتِ وَمَنْهَاةٌ عَنِ الْإِثْمِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Umama (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Tun namozini (qiyomul-layl) lozim tutinglar, chunki u sizdan oldingi solihlarning odati boʻlgan. U sizni Robbingizga yaqinlashtiradi, gunohlarga kafforat va yomonlikdan qaytaruvchidir», dedilar. Termiziy rivoyat qilgan.