وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَأَبُو بَكْرٍ وَعُمَرُ يُصَلُّونَ الْعِيدَيْنِ قَبْلَ الْخُطْبَةِ
Ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytdi: Rasululloh ﷺ, Abu Bakr va Umar ikki hayitda xutbadan oldin namoz oʻqir, soʻngra xutba qilar edilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Jobir va Ibn Abbosdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Ibn Umarning hadisi hasan sahih hadisdir. Nabiy ﷺning sahobalaridan va boshqalardan boʻlgan ilm ahllari shu boʻyicha amal qiladilar: ikki hayit namozi xutbadan oldin (oʻqiladi). Aytishlaricha, namozdan oldin xutba qilgan birinchi kishi Marvon ibn Hakam boʻlgan.