وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى يَوْمَ الْفِطْرِ رَكْعَتَيْنِ لَمْ يُصَلِّ قَبْلَهُمَا وَلَا بَعْدَهُمَا
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ Iyd-ul-fitr kuni ikki rakat namoz oʻqidilar va undan oldin ham, keyin ham (nafl) namoz oʻqimadilar. Soʻng Bilol bilan birga ayollar tomonga borib, ularga sadaqa berishni buyurdilar; bas, ular (sadaqaga) sirgʻa va marjonlarini bera boshladi.