وَعَن بُرَيْدَة قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَا يَخْرُجُ يَوْمَ الْفِطْرِ حَتَّى يَطْعَمَ وَلَا يَطْعَمُ يَوْمَ الْأَضْحَى حَتَّى يُصَلِّيَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْن مَاجَه والدارمي
Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ Fitr (Ramazon hayiti) kuni biror narsa yemaguncha (namozga) chiqmas edilar, Azho (Qurbon hayiti) kuni esa namoz oʻqimaguncha biror narsa yemas edilar. Termiziy, Ibn Moja va Dorimiy rivoyat qilgan.