وَعَنْ كَثِيرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَبَّرَ فِي الْعِيدَيْنِ فِي الْأُولَى سَبْعًا قَبْلَ الْقِرَاءَةِ وَفِي الْآخِرَةِ خَمْسًا قَبْلَ الْقِرَاءَةِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه والدارمي
Amr ibn Avf al-Muzaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ ikki hayitda birinchi (rakaat)da qiroatdan oldin yetti marta, oxirgi (rakaat)da qiroatdan oldin besh marta takbir aytdilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Oisha, Ibn Umar va Abdulloh ibn Amrdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Kasirning bobosining hadisi hasan hadisdir va u bu bobda Nabiy alayhis-salomdan rivoyat qilingan eng yaxshi narsadir. Uning ismi Amr ibn Avf al-Muzaniydir. Nabiy ﷺning sahobalaridan va boshqalardan boʻlgan baʼzi ilm ahllari shu boʻyicha amal qiladilar. Abu Hurayradan ham u Madinada shu namozga oʻxshash namoz oʻqigani rivoyat qilingan va bu Madina ahlining soʻzidir. Molik ibn Anas, Shofiʼiy, Ahmad va Ishoq ham shuni aytadilar. Abdulloh ibn Masʼuddan u ikki hayitdagi takbir haqida: toʻqqiz takbir, birinchi rakaatda qiroatdan oldin besh marta, ikkinchi rakaatda esa qiroatdan boshlanadi, soʻng rukuʼ takbiri bilan birga toʻrt marta takbir aytiladi, degani rivoyat qilingan. Nabiy ﷺning bir qancha sahobalaridan ham shunga oʻxshash (rivoyat) keltirilgan va bu Kufa ahlining soʻzidir. Sufyon Savriy ham shuni aytadi.