وَعَن جَابر قَالَ: شَهِدْتُ الصَّلَاةِ مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي يَوْمِ عِيدٍ فَبَدَأَ بِالصَّلَاةِ قَبْلَ الْخُطْبَةِ بِغَيْرِ أَذَانٍ وَلَا إِقَامَةٍ فَلَمَّا قَضَى الصَّلَاةَ قَامَ مُتَّكِئًا عَلَى بِلَالٍ فَحَمَدَ اللَّهَ وَأَثْنَى عَلَيْهِ وَوَعَظَ النَّاسَ وَذَكَّرَهُمْ وَحَثَّهُمْ على طَاعَته ثمَّ قَالَ: وَمَضَى إِلَى النِّسَاءِ وَمَعَهُ بِلَالٌ فَأَمَرَهُنَّ بِتَقْوَى الله ووعظهن وذكرهن. رَوَاهُ النَّسَائِيّ
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Iyd kuni Rasululloh ﷺ bilan birga namozda hozir boʻldim. U zot xutbadan oldin, azon va iqomatsiz namozdan boshladilar. Namozni tugatgach, Bilolga suyanib turdilar-da, Allohga hamd va sano aytdilar, odamlarga vaʼz qildilar, ularga eslatma berdilar va Allohga itoat qilishga ragʻbatlantirdilar. Soʻng burilib, Bilol bilan birga ayollar tomonga bordilar. Ularga Allohdan qoʻrqishni buyurdilar, vaʼz qildilar va eslatma berdilar, Allohga hamd va sano aytib, soʻng ularni Allohga itoat qilishga ragʻbatlantirdilar. Soʻng: «Sadaqa qilinglar, chunki koʻpchiligingiz jahannam oʻtinisiz», dedilar. Ayollarning quyi tabaqasidan yuzi qorayibroq turgan bir ayol: «Nega, ey Rasululloh?» dedi. U zot: «Koʻp shikoyat qilasizlar va erlaringizga noshukrlik qilasizlar», dedilar. Shunda ayollar boʻyinbogʻlarini, isirgʻalarini va uzuklarini yecha boshladilar, ularni sadaqa qilib Bilolning kiyimiga tashladilar.