وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا خَرَجَ يَوْمَ الْعِيدِ فِي طَرِيقٍ رَجَعَ فِي غَيْرِهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ والدارمي
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytdi: Nabiy ﷺ hayit kuni bir yoʻldan chiqsalar, boshqa (yoʻl)dan qaytar edilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Abdulloh ibn Umar va Abu Rofeʼdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Abu Hurayraning hadisi hasan gʻarib hadisdir. Abu Tumayla va Yunus ibn Muhammad bu hadisni Fulayh ibn Sulaymondan, u Said ibn Horisdan, u Jobir ibn Abdullohdan (deb) rivoyat qilganlar. (Roviy) aytdi: Baʼzi ilm ahllari shu hadisga ergashib, imom bir yoʻldan chiqsa, boshqa (yoʻl)dan qaytishini mustahab koʻrganlar. Bu Shofiʼiyning soʻzidir. Jobirning hadisi sahihroqdek koʻrinadi.