وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: مَا هَبَّتْ رِيحٌ قَطُّ إِلَّا جَثَا النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم على رُكْبَتَيْهِ وَقَالَ: «اللَّهُمَّ اجْعَلْهَا رَحْمَةً وَلَا تَجْعَلْهَا عَذَابًا اللَّهُمَّ اجْعَلْهَا رِيَاحًا وَلَا تَجْعَلْهَا رِيحًا» . قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ فِي كِتَابِ اللَّهِ تَعَالَى: (إِنَّا أرسلنَا عَلَيْهِم ريحًا صَرْصَرًا) و (أرسلنَا عَلَيْهِم الرّيح الْعَقِيم) (وَأَرْسَلْنَا الرِّيَاح لَوَاقِح) و (أَن يُرْسل الرِّيَاح مُبَشِّرَات) رَوَاهُ الشَّافِعِي وَالْبَيْهَقِيّ فِي الدَّعْوَات الْكَبِير
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Qachon shamol essa, Nabiy ﷺ tizzalari ustiga choʻkib: «Allohumma, uni rahmat qilgin, azob qilmagin. Allohumma, uni (foydali) shamollar qilgin, (halokatli) yakka shamol qilmagin», der edilar. Ibn Abbos: Alloh taoloning Kitobida (shunday kelgan): {Biz ularning ustiga sovuq, gʻuvillagan shamolni yubordik} (Qamar 19), {Ularning ustiga barakasiz shamolni yubordik} (Zoriyot 41), {Biz shamollarni urugʻlantiruvchi qilib yubordik} (Hijr 22) va {shamollarni xushxabar eltuvchi qilib yuborishi} (Rum 46), dedi. Shofiiy va Bayhaqiy «ad-Daʼavot al-kabir»da rivoyat qilgan.