وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا أَبْصَرْنَا شَيْئًا مِنَ السَّمَاءِ تَعْنِي السَّحَابَ تَرَكَ عَمَلَهُ وَاسْتَقْبَلَهُ وَقَالَ: «اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا فِيهِ» فَإِنْ كَشَفَهُ حَمِدَ الله وَإِن مطرَت قَالَ: «اللَّهُمَّ سَقْيًا نَافِعًا» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَه وَالشَّافِعِيّ وَاللَّفْظ لَهُ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ osmonda biror narsani — yaʼni bulutni koʻrsalar, qilayotgan ishlarini tark etib, unga yuzlanardilar va: «Allohumma, men Sendan uning ichidagi yomonlikdan panoh soʻrayman», derdilar. Agar (Alloh) uni tarqatib yuborsa, Allohga hamd aytardilar, agar yomgʻir yogʻsa: «Allohumma, foydali yomgʻir (ato etgin)», derdilar. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja va Shofiiy rivoyat qilgan, lafz Shofiiyniki.