وَعَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ بْنِ عَدِيِّ بْنِ الْخِيَارِ: أَنَّهُ دَخَلَ عَلَى عُثْمَانَ وَهُوَ مَحْصُورٌ فَقَالَ: إِنَّكَ إِمَامُ عَامَّةٍ وَنَزَلَ بِكَ مَا تَرَى وَيُصلي لنا إِمَام فتْنَة وننحرج. فَقَالَ: الصَّلَاة أحسن مَا يعْمل النَّاس فَإِذا أحسن النَّاس فَأحْسن مَعَهم وَإِذا أساؤوا فاجتنب إساءتهم. رَوَاهُ البُخَارِيّ
Ubaydulloh ibn Adiy ibn Xiyor (Usmondan) rivoyat qiladi: Men Usmon ibn Affonning oldiga — u qamalda (qoʻrshovda) turgan paytda — borib, unga: «Sen umuman barcha musulmonlarning raisisan va boshingga nima tushganini koʻryapsan. Bizga fitna (rahnamolaridan) bir (kishi) imomlik qilyapti va biz unga ergashishda gunohkor boʻlishdan qoʻrqyapmiz», — dedim. Usmon: «Namoz — barcha amallarning eng yaxshisidir; bas, odamlar yaxshi ish qilsa, ular bilan birga shu (yaxshilik)ni qil; ular yomon ish qilsa, oʻsha yomon ishlardan saqlan», — dedi. Zuhriy: «Bizning fikrimizcha, kishi muxannas (xotinsifat kishi) orqasida namoz oʻqimasligi kerak — boshqa iloj boʻlmasa, mustasno», — dedi.