عَن عمَارَة بن روبية قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «لَنْ يَلِجَ النَّارَ أَحَدٌ صَلَّى قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبِهَا» يَعْنِي الْفَجْرَ وَالْعصر. (رَوَاهُ مُسلم)
Umora ibn Ruvayba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: men Rasululloh ﷺ ni: «Quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin namoz oʻqigan kishi hech qachon doʻzaxga kirmaydi», — deb aytayotganlarini eshitdim, yaʼni bomdod va asrni (nazarda tutdilar). Shunda basralik bir kishi unga: «Sen buni Rasululloh ﷺ dan eshitdingmi?», — dedi. U: «Ha», — dedi. (Oʻsha) kishi: «Men ham guvohlik beramanki, men buni Rasululloh ﷺ dan eshitdim — uni quloqlarim eshitdi va qalbim yodlab oldi», — dedi.