عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: كَانَ الْمُسْلِمُونَ حِينَ قدمُوا الْمَدِينَة يَجْتَمعُونَ فيتحينون الصَّلَاة لَيْسَ يُنَادِي بِهَا أَحَدٌ فَتَكَلَّمُوا يَوْمًا فِي ذَلِكَ فَقَالَ بَعْضُهُمُ: اتَّخِذُوا مِثْلَ نَاقُوسِ النَّصَارَى وَقَالَ بَعْضُهُمْ: قَرْنًا مِثْلَ قَرْنِ الْيَهُودِ فَقَالَ عُمَرُ أَوَلَا تَبْعَثُونَ رَجُلًا يُنَادِي بِالصَّلَاةِ؟ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا بِلَالُ قُم فَنَادِ بِالصَّلَاةِ»
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Musulmonlar Madinaga kelganlarida, namozga yigʻilar va uning vaqtini taxmin qilar edi; oʻsha kunlarda hali namozga azon (odati) joriy qilinmagan edi. Bir kuni ular azon masalasini muhokama qildi. Baʼzilar nasroniylardek qoʻngʻiroq ishlatishni, baʼzilar yahudiylarning shoxidek karnay (ishlatishni) taklif qildi; lekin Umar birinchi boʻlib bir kishi namozga (odamlarni) chaqirsin deb taklif qildi. Shunda Rasululloh ﷺ Bilolga turib namozga azon aytishni buyurdilar.