وَعَنْ أَبِي مُوسَى الْأَشْعَرِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَعْظَمُ النَّاسِ أَجْرًا فِي الصَّلَاةِ أَبْعَدُهُمْ فَأَبْعَدُهُمْ مَمْشًى وَالَّذِي يَنْتَظِرُ الصَّلَاةَ حَتَّى يُصَلِّيَهَا مَعَ الْإِمَامِ أَعْظَمُ أجرا من الَّذِي يُصَلِّي ثمَّ ينَام»
Abu Muso (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Namozda eng katta savob oladigan kishilar — (masjiddan) eng uzoq (yashaydigan)lar, soʻng undan keyingi uzoq (yashaydigan)lar va hokazodir. Shuningdek, imom bilan namoz oʻqishni kutgan kishi namoz oʻqib uxlashga ketgan kishidan koʻproq savobga ega», — dedilar.