عَنْ أَبِي سَعِيدٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِذَا رَأَيْتُمُ الرَّجُلَ يَتَعَاهَدُ الْمَسْجِد فَاشْهَدُوا لَهُ بِالْإِيمَان فَإِن الله تَعَالَى يَقُولُ (إِنَّمَا يَعْمُرُ مَسَاجِدَ اللَّهِ مَنْ آمَنَ بِاللَّه وَالْيَوْم الآخر وَأقَام الصَّلَاة وَآتى الزَّكَاة) رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه والدارمي
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bir kishining masjidga (doimiy) qatnab turganini koʻrsangiz, uning iymoniga guvohlik beringlar. Chunki Alloh taolo: {Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, namozni barpo qilgan va zakot bergan kishilargina obod qiladilar} (oyatining oxirigacha) deydi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻarib hasandir.