وَعَن عُثْمَان بن مَظْعُون قَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ ائْذَنْ لَنَا فِي الِاخْتِصَاءِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَيْسَ مِنَّا مَنْ خَصَى وَلَا اخْتَصَى إِنَّ خِصَاءَ أُمَّتِي الصِّيَامُ» . فَقَالَ ائْذَنْ لَنَا فِي السِّيَاحَةِ. فَقَالَ: «إِنْ سِيَاحَةَ أُمَّتَيِ الْجِهَادُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ» . فَقَالَ: ائْذَنْ لَنَا فِي التَّرَهُّبِ. فَقَالَ: «إِن ترهب أمتِي الْجُلُوس فِي الْمَسَاجِد انتظارا للصَّلَاة» . رَوَاهُ فِي شرح السّنة
Usmon ibn Mazʼun (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Ey Allohning Rasuli, bizga bichilishga ruxsat bering», dedi. Rasululloh ﷺ: «Kim birovni bichsa yoki oʻzini bichtirsa, bizdan emas. Ummatimning bichilishi — roʻzadir», dedilar. U: «Bizga tark dunyo qilib sayohat qilishga ruxsat bering», dedi. U zot: «Ummatimning sayohati — Alloh yoʻlidagi jihoddir», dedilar. U: «Bizga rohiblik qilishga ruxsat bering», dedi. U zot: «Ummatimning rohibligi — namozni kutib masjidlarda oʻtirishdir», dedilar. Bagʻaviy «Sharhus-sunna»da rivoyat qilgan.