وَعَن أبي أُمَامَة قَالَ: إِنَّ حَبْرًا مِنَ الْيَهُودِ سَأَلَ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَيُّ الْبِقَاعِ خَيْرٌ؟ فَسَكَتَ عَنْهُ وَقَالَ: «أَسْكُتُ حَتَّى يَجِيءَ جِبْرِيلُ» فَسَكَتَ وَجَاءَ جِبْرِيلُ عَلَيْهِ السَّلَامُ فَسَأَلَ فَقَالَ: مَا المسؤول عَنْهَا بِأَعْلَمَ مِنَ السَّائِلِ وَلَكِنْ أَسْأَلُ رَبِّيَ تَبَارَكَ وَتَعَالَى. ثُمَّ قَالَ جِبْرِيلُ: يَا مُحَمَّدُ إِنِّي دَنَوْتُ مِنَ اللَّهِ دُنُوًّا مَا دَنَوْتُ مِنْهُ قطّ. قَالَ: وَكَيف كَانَ ياجبريل؟ قَالَ: كَانَ بَيْنِي وَبَيْنَهُ سَبْعُونَ أَلْفَ حِجَابٍ مِنْ نُورٍ. فَقَالَ: شَرُّ الْبِقَاعِ أَسْوَاقُهَا وَخَيْرُ الْبِقَاع مساجدها
Abu Umama (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Yahudiy olimlaridan biri Nabiy ﷺdan: «Qaysi joylar eng yaxshi?» deb soʻradi. U zot javob bermay jim turdilar va: «Jibril kelguncha jim turaman», dedilar. Bas, jim turdilar. Jibril alayhissalom kelgach, u zot undan soʻradilar. Jibril: «Bu haqda soʻralgan zot soʻrovchidan koʻra bilguvchiroq emas, lekin Robbim tabarak va taolodan soʻrayman», dedi. Soʻng Jibril: «Ey Muhammad, men Allohga shu qadar yaqinlashdimki, hech qachon Unga bunchalik yaqinlashmagan edim», dedi. U zot: «Bu qanday boʻldi, ey Jibril?» dedilar. Jibril: «Men bilan Uning orasida nurdan yetmish ming parda bor edi», dedi. Soʻng: «Joylarning eng yomoni — bozorlari, joylarning eng yaxshisi — masjidlaridir», dedi.