عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «مَنْ جَاءَ مَسْجِدي هَذَا لم يَأْته إِلَّا لِخَيْرٍ يَتَعَلَّمُهُ أَوْ يُعَلِّمُهُ فَهُوَ بِمَنْزِلَةِ الْمُجَاهِدِ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَمَنْ جَاءَ لِغَيْرِ ذَلِكَ فَهُوَ بِمَنْزِلَةِ الرَّجُلِ يَنْظُرُ إِلَى مَتَاعِ غَيْرِهِ» . رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ وَالْبَيْهَقِيُّ فِي شُعَبِ الْإِيمَانِ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺning: «Kim mana shu masjidimga faqat yaxshilik uchun, ilm oʻrganish yoki oʻrgatish uchun kelsa, u Alloh yoʻlida jihod qilayotgan mujohid maqomidadir. Kim undan boshqa maqsadda kelsa, u boshqaning moliga qarab turgan kishi maqomidadir», deyayotganlarini eshitdim.