وَعَنِ الْحَسَنِ مُرْسَلًا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَأْتِي عَلَى النَّاسِ زَمَانٌ يَكُونُ حَدِيثُهُمْ فِي مَسَاجِدِهِمْ فِي أَمْرِ دُنْيَاهُمْ. فَلَا تُجَالِسُوهُمْ فَلَيْسَ لِلَّهِ فِيهِمْ حَاجَةٌ» . رَوَاهُ الْبَيْهَقِيّ فِي شعب الْإِيمَان
Rasululloh ﷺ: «Odamlarga shunday zamon keladiki, odamlardan bir jamoa gʻazot qiladi va (ulardan): ‹Sizlar orasida Rasululloh ﷺga sahobalik qilgan kishi bormi?› deyishadi. Ular: ‹Ha›, deyishadi. Shunda ularga (gʻalaba) nasib etiladi. Soʻng odamlarga yana bir zamon keladiki, odamlardan bir jamoa gʻazot qiladi va: ‹Sizlar orasida Rasululloh ﷺning sahobalariga sahiblik qilgan kishi bormi?› deyiladi. Ular: ‹Ha›, deyishadi. Shunda ularga (gʻalaba) nasib etiladi. Soʻng odamlarga yana bir zamon keladiki, odamlardan bir jamoa gʻazot qiladi va: ‹Sizlar orasida Rasululloh ﷺning sahobalariga sahiblik qilganlarga sahiblik qilgan kishi bormi?› deyiladi. Ular: ‹Ha›, deyishadi. Shunda ularga (gʻalaba) nasib etiladi», dedilar.