وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذْ افْتَتَحَ الصَّلَاةَ قَالَ: «سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ وَتَبَارَكَ اسْمُكَ وَتَعَالَى جَدُّكَ وَلَا إِلَهَ غَيْرُكَ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد وَرَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ عَنْ أَبِي سَعِيدٍ وَقَالَ التِّرْمِذِيُّ: هَذَا حَدِيثٌ لَا نَعْرِفُهُ إِلَّا مِنْ حَدِيثِ حَارِثَةَ وَقَدْ تُكُلِّمَ فِيهِ مِنْ قِبَلِ حفظه
Hasan ibn Arafa va Yahyo ibn Muso bizga: «Abu Muoviya bizga Horisa ibn Abur-Rijoldan, u Amradan, u Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qildi», deb aytdilar. U: «Paygʻambar ﷺ namozni boshlaganlarida: ‹Subhonaka-llohumma va bihamdika va taboraka-smuka va taolo jadduka va lo ilaha gʻayruk (Sen poksan, ey Alloh, va Senga hamd boʻlsin; isming muborakdir, ulugʻliging yuksakdir, Sendan oʻzga iloh yoʻqdir)› deyar edilar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadisni biz Oishaning hadisidan faqat shu yoʻl bilangina bilamiz. Horisa hifzi (yodlash quvvati) tomonidan tanqid qilingan. Abur-Rijolning ismi Muhammad ibn Abdurrahmon al-Madiniydir.