وَعَن جُبَير بن مطعم: أَنَّهُ رَأَى رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُصَلِّي صَلَاةً قَالَ: «اللَّهُ أَكْبَرُ كَبِيرًا اللَّهُ أَكْبَرُ كَبِيرًا اللَّهُ أَكْبَرُ كَبِيرًا وَالْحَمْدُ لِلَّهِ كَثِيرًا وَالْحَمْدُ لِلَّهِ كَثِيرًا وَالْحَمْدُ لِلَّهِ كَثِيرًا وَسُبْحَان الله بكرَة وَأَصِيلا» ثَلَاثًا «أَعُوذُ بِاللَّهِ مِنَ الشَّيْطَانِ مِنْ نَفْخِهِ وَنَفْثَهِ وَهَمْزَهِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ إِلَّا أَنَّهُ لَمْ يَذْكُرْ: «وَالْحَمْدُ لِلَّهِ كَثِيرًا» . وَذَكَرَ فِي آخِرِهِ: «مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ» وَقَالَ عُمَرُ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ: نَفْخُهُ الْكِبْرُ وَنَفْثُهُ الشِّعْرُ وهمزه الموتة
Jubayr ibn Mutʼim (roziyallohu anhu) Rasululloh ﷺni bir namoz oʻqiyotganlarida koʻrgani haqida rivoyat qiladi — Amr: «Bu qaysi namoz ekanini bilmayman» dedi — u zot: «Allohu akbaru kabiron, Allohu akbaru kabiron, Allohu akbaru kabiron (Alloh juda buyukdir, Alloh juda buyukdir, Alloh juda buyukdir), valhamdu lillahi kasiron, valhamdu lillahi kasiron, valhamdu lillahi kasiron (Allohga koʻp hamd boʻlsin, Allohga koʻp hamd boʻlsin, Allohga koʻp hamd boʻlsin), va subhanallohi bukratan va asilan (ertalab va kechqurun Allohni poklab yod etaman)» — der va buni uch marta (aytar), soʻng: «Shaytondan, uning nafxidan, nafsidan va hamzidan Allohdan panoh soʻrayman» — der edilar. (Rovi) aytdi: Uning nafsi sheʼr, nafxi kibr va hamzi jinnilikdir.