وَعَن مُحَمَّد بن مسلمة قَالَ: إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا قَامَ يُصَلِّي تَطَوُّعًا قَالَ: «اللَّهُ أَكْبَرُ وَجَّهْتُ وَجْهِيَ لِلَّذِي فَطَرَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْض حَنِيفا مُسلما وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ» . وَذَكَرَ الْحَدِيثَ مِثْلَ حَدِيثِ جَابِرٍ إِلَّا أَنَّهُ قَالَ: «وَأَنَا مِنَ الْمُسْلِمِينَ» . ثُمَّ قَالَ: «اللَّهُمَّ أَنْتَ الْمَلِكُ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ سُبْحَانَكَ وَبِحَمْدِكَ» ثُمَّ يَقْرَأُ. رَوَاهُ النَّسَائِيّ
Muhammad ibn Maslama (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ nafl namoz oʻqishga turganlarida: «Allohu akbar. Vajjahtu vajhiya lillaziy fatoras-samovoti val-arza haniyfan musliman va mo ana minal-mushrikiyn. Inna solatiy va nusukiy va mahyoya va mamotiy lillahi robbil-olamiyn, lo shariyka lahu va bizolika umirtu va ana avvalul-muslimiyn. Allohumma, antal-maliku lo ilaha illa anta, subhonaka va bihamdika (Alloh buyukdir. Yuzimni osmonlar va yerni yaratgan Zotga toʻgʻri qilib, musulmon holimda qaratdim, men mushriklardan emasman. Albatta, namozim, ibodatim, hayotim va oʻlimim olamlar Robbi Alloh uchundir, Uning sherigi yoʻq, men shunga buyurilganman va men musulmonlarning avvalimman. Ey Alloh, Sen Podshohsan, Sendan boshqa iloh yoʻq, Seni poklab, hamdingni aytaman)», der, soʻng qiroat qilar edilar.