وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم يقْرَأ فِي رَكْعَتي الْفَجْرِ: (قُولُوا آمَنَّا بِاللَّهِ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْنَا) وَالَّتِي فِي آلِ عِمْرَانَ (قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ تَعَالَوْا إِلَى كَلِمَةٍ سَوَاءٍ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ) رَوَاهُ مُسلم
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bomdodning ikki rakaatida (sunnatida): {Aytinglar: ‹Biz Allohga va bizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik›} (Baqara 136) (oyatini) va Oli Imrondagi: {Bizning va sizning oramizdagi bir xil (boʻlgan) soʻzga keling!} (Oli Imron 64) (oyatini) oʻqirdilar.