عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَفْتَتِحُ صَلَاتَهُ بِ (بِسم الله الرَّحْمَن الرَّحِيم) رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ لَيْسَ إِسْنَادُهُ بِذَاكَ
Ahmad ibn Abda az-Zabbiy bizga Muʼtamir ibn Sulaymondan rivoyat qildi. U: «Ismoil ibn Hammod menga Abu Xoliddan, u Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qildi», dedi. U (Ibn Abbos): «Paygʻambar ﷺ namozlarini ‹Bismillahir-Rahmanir-Rahim› bilan boshlar edilar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadisning isnodi unchalik (kuchli) emas. Bu bilan Paygʻambar ﷺning sahobalaridan bir nechta ilm ahli aytgan; ular orasida Abu Hurayra, Ibn Umar, Ibn Abbos, Ibnuz-Zubayr va ulardan keyingi tobeinlar boʻlib, ular ‹Bismillahir-Rahmanir-Rahim›ni ovoz chiqarib aytishni (maʼqul) koʻrdilar; Shofiʼiy ham shuni aytadi. Ismoil ibn Hammod — Ibn Abu Sulaymondir. Abu Xolid esa — Abu Xolid al-Volibiy deyiladi, ismi Hurmuz boʻlib, u kufalikdir.