وَعَنْ أَنَسٍ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا قَالَ: «سَمِعَ اللَّهُ لِمَنْ حَمِدَهُ» قَامَ حَتَّى نَقُولَ: قَدْ أَوْهَمَ ثُمَّ يَسْجُدُ وَيَقْعُدُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ حَتَّى نَقُولَ: قَدْ أوهم. رَوَاهُ مُسلم
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ning toʻliqligi bilan birga yengil boʻlgan namozlaridan koʻra qisqaroq namozni hech kimning orqasida oʻqimaganman. Rasululloh ﷺ ning namozi (arkonlari) bir-biriga yaqin (mutanosib) edi, Abu Bakrning namozi ham bir-biriga yaqin edi. Umar ibn al-Xattob (davriga) kelganida bomdod namozini uzaytirdi. Rasululloh ﷺ «Samiʼallohu liman hamidah» deganlarida, biz: «(Sajdani) unutdilar», deguday boʻlgunimizcha (tik) turar edilar. Soʻng sajda qilar edilar va ikki sajda orasida biz: «(Ikkinchi sajdani) unutdilar», deguday boʻlgunimizcha oʻtirar edilar.