وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُكْثِرُ أَنْ يَقُولَ فِي رُكُوعِهِ وَسُجُودِهِ: «سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ رَبَّنَا وَبِحَمْدِكَ اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي» يَتَأَوَّلُ الْقُرْآن
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ rukuʼ va sajdalarida koʻp marta: «Subhanakallohumma Robbana va bihamdik, Allohummagʻfir lii (Ey Robbimiz Alloh, Sen (nuqsonlardan) pok Sen va Senga hamd (aytaman); Allohim, meni magʻfirat qil)», — der edilar. Shu tariqa u zot Qurʼonda oʻzlariga bayon qilingan narsaga amal qilar edilar.