وَعَنْ أَبِي قَتَادَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَسْوَأُ النَّاسِ سَرِقَةً الَّذِي يَسْرِقُ مِنْ صَلَاتِهِ» . قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ وَكَيْفَ يَسْرِقُ مِنْ صَلَاتِهِ؟ قَالَ: لَا يتم ركوعها وَلَا سجودها ". رَوَاهُ أَحْمد
Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Odamlarning eng yomon oʻgʻrisi namozidan oʻgʻirlik qiladigan kishidir», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning Rasuli, kishi namozidan qanday qilib oʻgʻirlik qiladi?» deb soʻrashdi. U zot: «Rukuʼ va sajdasini toʻkis bajarmasligi bilan», dedilar. Ahmad rivoyat qilgan.