وَعَن النُّعْمَان بن مرّة أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا تَرَوْنَ فِي الشَّارِبِ وَالزَّانِي وَالسَّارِقِ؟ " وَذَلِكَ قَبْلَ أَنْ تُنْزَلَ فِيهِمُ الْحُدُودُ قَالُوا: اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ. قَالَ: «هُنَّ فَوَاحِشُ وَفِيهِنَّ عُقُوبَةٌ وَأَسْوَأُ السَّرِقَةِ الَّذِي يَسْرِقُ مِنْ صَلَاتِهِ» . قَالُوا: وَكَيف يسرق م صَلَاتِهِ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ قَالَ: «لَا يُتِمُّ ركوعها وَلَا سجودها» . رَوَاهُ مَالك وَأحمد وروى الدَّارمِيّ نَحوه
Nuʼman ibn Murra (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ — bu ular haqidagi hadlar nozil qilinishidan avval edi —: «Ichkilikboz, zinokor va oʻgʻri haqida nima deysizlar?» dedilar. Ular: «Alloh va Uning Rasuli bilguvchiroqdir», dedilar. U zot: «Bular fahsh ishlardir va ularda jazo bordir. Oʻgʻirlikning eng yomoni esa oʻz namozidan oʻgʻirlaydigan kishinikidir», dedilar. Ular: «Ey Allohning Rasuli, qanday qilib u namozidan oʻgʻirlaydi?» dedilar. U zot: «Rukuʼini ham, sajdasini ham toʻliq ado etmaydi», dedilar. Molik va Ahmad rivoyat qilgan, Dorimiy ham shunga oʻxshashini rivoyat qilgan.