وَعَنْ أُبَيِّ بْنِ كَعْبٍ قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي أُكْثِرُ الصَّلَاةَ عَلَيْكَ فَكَمْ أَجْعَلُ لَكَ مِنْ صَلَاتِي؟ فَقَالَ: «مَا شِئْتَ» قُلْتُ: الرُّبُعَ؟ قَالَ: «مَا شِئْتَ فَإِنْ زِدْتَ فَهُوَ خَيْرٌ لَكَ» . قُلْتُ: النِّصْفَ؟ قَالَ: «مَا شِئْتَ فَإِنْ زِدْتَ فَهُوَ خَيْرٌ لَكَ» قُلْتُ: فَالثُّلُثَيْنِ؟ قَالَ: «مَا شِئْتَ فَإِنْ زِدْتَ فَهُوَ خَيْرٌ لَكَ» قُلْتُ: أَجْعَلُ لَكَ صَلَاتِي كُلَّهَا؟ قَالَ: «إِذا يكفى همك وَيكفر لَك ذَنْبك» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Ubayy ibn Kaʼb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ tunning uchdan ikkisi oʻtganda turib: «Ey insonlar! Allohni zikr qilinglar! Allohni zikr qilinglar! Birinchi (qattiq silkinishli) puflash keldi, uning ortidan ikkinchisi keladi. Oʻlim oʻzida bori bilan keldi, oʻlim oʻzida bori bilan keldi», der edilar. Ubayy aytdi: «Ey Allohning Rasuli, men Sizga koʻp salavot aytaman. Salavotimning qanchasini Sizga ajrataman?» dedim. U zot: «Xohlaganingcha», dedilar. «Toʻrtdan birini», dedim. U zot: «Xohlaganingcha, ammo koʻpaytirsang, oʻzingga yaxshiroqdir», dedilar. «Yarmini», dedim. U zot: «Xohlaganingcha, ammo koʻpaytirsang, oʻzingga yaxshiroqdir», dedilar. «Unda uchdan ikkisini», dedim. U zot: «Xohlaganingcha, ammo koʻpaytirsang, oʻzingga yaxshiroqdir», dedilar. «Butun duoyimni Sizga ajrataman», dedim. U zot: «Unda gʻaming kifoya qilinadi va gunohing magʻfirat qilinadi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir.