وَعَن فضَالة بن عُبَيْدٍ قَالَ: بَيْنَمَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَاعِدٌ إِذْ دَخَلَ رَجُلٌ فَصَلَّى فَقَالَ: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي وَارْحَمْنِي فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «عَجِلْتَ أَيُّهَا الْمُصَلِّي إِذَا صَلَّيْتَ فَقَعَدْتَ فَاحْمَدِ اللَّهَ بِمَا هُوَ أَهْلُهُ وَصَلِّ عَلَيَّ ثُمَّ ادْعُهُ» . قَالَ: ثُمَّ صَلَّى رَجُلٌ آخَرُ بَعْدَ ذَلِكَ فَحَمِدَ اللَّهَ وَصَلَّى عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَيُّهَا الْمُصَلِّي ادْعُ تُجَبْ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَرَوَى أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيّ نَحوه
Fazola ibn Ubayd (roziyallohu anhu) aytdi: Rasululloh ﷺ oʻtirgan edilar, shu payt bir kishi kirib namoz oʻqidi-da: «Allohumma igʻfir li varhamni (Ey Alloh, meni kechir va menga rahm qil)» dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Ey namozxon, shoshilding. Qachon namoz oʻqib, oʻtirsang, Allohga munosib tarzda Unga hamd ayt va menga salavot ayt, soʻng Unga duo qil», dedilar. (Fazola) aytdi: Shundan keyin boshqa bir kishi namoz oʻqidi-da, Allohga hamd aytib, Nabiy ﷺga salavot aytdi. Shunda Nabiy ﷺ unga: «Ey namozxon, duo qil, ijobat qilinasan», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. Uni Hayva ibn Shurayh Abu Honiʼ al-Xavloniydan rivoyat qilgan. Abu Honiʼning ismi Humayd ibn Honiʼ, Abu Ali al-Janbiyning ismi esa Amr ibn Molikdir.