وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: كُنْتُ أُصَلِّي وَالنَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَأَبُو بَكْرٍ وَعُمَرُ مَعَهُ فَلَمَّا جَلَسْتُ بَدَأْتُ بِالثَّنَاءِ عَلَى اللَّهِ تَعَالَى ثُمَّ الصَّلَاةُ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثُمَّ دَعَوْتُ لِنَفْسِي فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «سَلْ تعطه سل تعطه» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Men namoz oʻqirdim, Nabiy ﷺ, Abu Bakr va Umar u zotning yonida edilar. Oʻtirganimda Allohga sano aytishdan boshladim, soʻng Nabiy ﷺga salovot aytdim, soʻng oʻzim uchun duo qildim. Shunda Nabiy ﷺ: ‹Soʻra, beriladi! Soʻra, beriladi!› dedilar», dedi. (Abu Iso) dedi: Bu bobda Fazola ibn Ubayddan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Abdulloh ibn Masʼudning hadisi hasan sahihdir. Abu Iso aytdi: Bu hadisni Ahmad ibn Hanbal Yahyo ibn Odamdan muxtasar (qisqacha) qilib rivoyat qilgan.