وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ سَرَّهُ أَنْ يَكْتَالَ بِالْمِكْيَالِ الْأَوْفَى إِذَا صَلَّى عَلَيْنَا أَهْلَ الْبَيْتِ فَلْيَقُلْ اللَّهُمَّ صَلِّ على مُحَمَّد وَأَزْوَاجِهِ أُمَّهَاتِ الْمُؤْمِنِينَ وَذُرِّيَّتِهِ وَأَهْلِ بَيْتِهِ كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حُمَيْدٌ مَجِيدٌ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ dedilar: «Kim biz — ahli baytga salavot aytganda toʻla oʻlchov bilan oʻlchanishidan xursand boʻlsa, ‹Allohumma, solli alo Muhammadinin-nabiyyi va azvojihi ummahotil-muʼminiyna va zurriyyatihi va ahli baytihi, kamo sollayta alo oli Ibrohima, innaka hamiydun majiyd› (Ey Alloh, Ibrohimning oilasiga rahmat yogʻdirganing kabi Paygʻambar Muhammadga, uning ayollari — moʼminlarning onalariga, uning zurriyotiga va ahli baytiga rahmat yogʻdirgin, albatta Sen maqtovga loyiq, ulugʻsan) desin».