وَعَنْ أَنَسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَأَنْ أَقْعُدَ مَعَ قَوْمٍ يَذْكُرُونَ اللَّهَ مِنْ صَلَاةِ الْغَدَاةِ حَتَّى تَطْلُعَ الشَّمْسُ أَحَبُّ إِلَيَّ مِنْ أَنْ أُعْتِقَ أَرْبَعَةً مِنْ وَلَدِ إِسْمَاعِيلَ وَلَأَنْ أَقْعُدَ مَعَ قَوْمٍ يَذْكُرُونَ اللَّهَ مِنْ صَلَاةِ الْعَصْرِ إِلَى أَنْ تَغْرُبَ الشَّمْسُ أَحَبُّ إِلَيَّ مِنْ أَنْ أُعْتِقَ أَرْبَعَة» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Bomdod namozidan quyosh chiqquncha Alloh taoloni zikr qilayotgan bir qavm bilan birga oʻtirishim, men uchun Ismoil avlodidan toʻrt (qul)ni ozod qilishimdan koʻra mahbubroqdir. Asr namozidan quyosh botguncha Allohni zikr qilayotgan bir qavm bilan birga oʻtirishim ham, men uchun toʻrt (qul)ni ozod qilishimdan koʻra mahbubroqdir».