وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ صَلَّى الْفَجْرَ فِي جَمَاعَةٍ ثُمَّ قَعَدَ يَذْكُرُ اللَّهَ حَتَّى تَطْلُعَ الشَّمْسُ ثُمَّ صَلَّى رَكْعَتَيْنِ كَانَتْ لَهُ كَأَجْرِ حَجَّةٍ وَعُمْرَةٍ» . قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «تَامَّةٍ تَامَّةٍ تَامَّةٍ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim bomdod namozini jamoat bilan oʻqib, soʻng quyosh chiqquncha oʻtirgan holda Allohni zikr qilsa, keyin ikki rakat namoz oʻqisa, unga bir haj va bir umra savobi boʻladi», dedilar. (Rivoyat qiluvchi) dedi: Rasululloh ﷺ: «Toʻlaligicha, toʻlaligicha, toʻlaligicha», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. (Abu Iso) dedi: Men Muhammad ibn Ismoildan Abu Zilol haqida soʻradim, u: ‹U muqoribul-hadis (hadisi maqbulga yaqin)dir›, dedi. Muhammad: ‹Uning ismi Hilol›, dedi.