وَعَنْ كَعْبِ بْنِ عُجْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا تَوَضَّأَ أَحَدُكُمْ فَأَحْسَنَ وُضُوءَهُ ثُمَّ خَرَجَ عَامِدًا إِلَى الْمَسْجِدِ فَلَا يُشَبِّكَنَّ بَيْنَ أَصَابِعِهِ فَإِنَّهُ فِي الصَّلَاة» . رَوَاهُ أَحْمد وَأَبُو دَاوُد وَالتِّرْمِذِيّ وَالنَّسَائِيّ والدارمي
Kaʼb ibn Ujra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Biringiz tahorat qilib, tahoratini chiroyli ado etsa, soʻng masjidga qasd qilib (yoʻl olib) chiqsa, barmoqlarini bir-biriga kiritmasin (chalishtirmasin), chunki u namozdadir», dedilar. Abu Iso aytdi: Kaʼb ibn Ujraning hadisini bir necha (roviy) Ibn Ajlondan Laysning hadisiga oʻxshash rivoyat qilgan. Sharik esa Muhammad ibn Ajlondan, u otasidan, u Abu Hurayradan, u Paygʻambar ﷺdan bu hadisga oʻxshashini rivoyat qilgan, ammo Sharikning hadisi mahfuz (saqlangan, ishonchli) emas.