وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا اشْتَكَى مِنَّا إِنْسَانٌ مَسَحَهُ بِيَمِينِهِ ثُمَّ قَالَ: «أَذْهِبِ الْبَاسَ رَبَّ النَّاسِ وَاشْفِ أَنْتَ الشَّافِي لَا شِفَاءَ إِلَّا شِفَاؤُكَ شِفَاءٌ لَا يُغَادِرُ سَقَمًا»
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bizdan biror inson kasal boʻlsa, Rasululloh ﷺ uni oʻng qoʻllari bilan silardilar, soʻng: «Ozorni ketkaz, ey odamlarning Rabbi, Oʻzing shifo ber, shifo beruvchi Oʻzingsan, Sening shifoyingdan oʻzga shifo yoʻq, (shunday) shifoyki, hech qanday kasallik qoldirmaydigan», derdilar. Rasululloh ﷺ kasal boʻlib, (kasalliklari) ogʻirlashganda, men u zot qiladigan ishni qilish uchun qoʻllaridan ushladim. U zot qoʻllarini qoʻlimdan tortib olib, soʻng: «Allohim, meni magʻfirat qil va meni eng oliy doʻst (Rafiq al-Aʼlo) bilan birga qil», dedilar. Oisha dedi: Soʻng men qarab turgan edim, u zot jon taslim qilgan edilar.