وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ إِذَا اشْتَكَى الْإِنْسَانُ الشَّيْءَ مِنْهُ أَوْ كَانَتْ بِهِ قَرْحَةٌ أَوْ جُرْحٌ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِأُصْبُعِهِ: «بِسْمِ اللَّهِ تُرْبَةُ أَرْضِنَا بِرِيقَةِ بَعْضِنَا لِيُشْفَى سَقِيمُنَا بِإِذن رَبنَا»
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ inson biror narsadan shikoyat qilsa yoki unda yara yo jarohat boʻlsa, Nabiy ﷺ barmoqlari bilan mana shunday qilar edilar — Sufyon koʻrsatkich barmogʻini yerga qoʻyib, soʻng uni koʻtardi —: «Allohning nomi bilan, Robbimizning izni bilan kasalimiz shifo topishi uchun yerimizning tuprogʻi birimizning soʻlagi bilan (aralashtirildi)», (der edilar). Ibn Abu Shayba: «yushfa (shifo topadi)» dedi. Zuhayr esa: «liyushfa saqiymuno (kasalimiz shifo topishi uchun)» dedi.