وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: دَخَلْتُ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ يُوعَكُ فَمَسِسْتُهُ بِيَدِي فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّكَ لَتُوعَكُ وَعْكًا شَدِيدًا. فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَجَلْ إِنِّي أُوعَكُ كَمَا يُوعَكُ رَجُلَانِ مِنْكُمْ» . قَالَ: فَقُلْتُ: ذَلِكَ لِأَنَّ لَكَ أَجْرَيْنِ؟ فَقَالَ: «أَجَلْ» . ثُمَّ قَالَ: «مَا مِنْ مُسْلِمٍ يُصِيبُهُ أَذًى مِنْ مَرَضٍ فَمَا سِوَاهُ إِلَّا حَطَّ اللَّهُ تَعَالَى بِهِ سَيِّئَاتِهِ كَمَا تَحُطُّ الشَّجَرَةُ وَرَقَهَا»
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ning huzurlariga kirdim, u zot isitma ichida edilar. Qoʻlim bilan ushlab koʻrib: «Yo Rasululloh! Sizni juda qattiq isitma tutgan ekan-ku», dedim. Shunda Rasululloh ﷺ: «Ha, men sizlardan ikki kishi tutadigan isitmacha qattiq tutilaman», dedilar. (Abdulloh) dedi: Men: «Bu sizga ikki barobar ajr boʻlgani uchunmi?» dedim. Rasululloh ﷺ: «Ha», dedilar. Soʻng Rasululloh ﷺ: «Qaysi bir musulmonga kasallikdan yo undan boshqa narsadan biror azob yetsa, Alloh, daraxt bargini toʻkkanidek, u sababli uning gunohlarini toʻkadi», dedilar. Zuhayrning hadisida «Qoʻlim bilan ushlab koʻrdim» degan soʻz yoʻq.