عَن عَلِيِّ بْنِ زَيْدٍ عَنْ أُمَيَّةَ أَنَّهَا سَأَلَتْ عَائِشَة عَن قَول الله تبَارك وَتَعَالَى: (إِن تُبْدُوا مَا فِي أَنْفُسِكُمْ أَوْ تُخْفُوهُ يُحَاسِبْكُمْ بِهِ الله) وَعَنْ قَوْلِهِ: (مَنْ يَعْمَلْ سُوءًا يُجْزَ بِهِ) فَقَالَتْ: مَا سَأَلَنِي عَنْهَا أَحَدٌ مُنْذُ سَأَلَتْ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «هَذِه معاتبة الله العَبْد فِيمَا يُصِيبُهُ مِنَ الْحُمَّى وَالنَّكْبَةِ حَتَّى الْبِضَاعَةِ يَضَعُهَا فِي يَدِ قَمِيصِهِ فَيَفْقِدُهَا فَيَفْزَعُ لَهَا حَتَّى إِنَّ الْعَبْدَ لَيَخْرُجُ مِنْ ذُنُوبِهِ كَمَا يَخْرُجُ التبر الْأَحْمَر من الْكِير» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Umayya undan Alloh taoloning: {Agar koʻnglingizdagini oshkor qilsangiz ham, yashirsangiz ham, Alloh sizni u bilan hisob-kitob qiladi} (Baqara 284) degan oyati hamda: {Kim yomonlik qilsa, uning jazosini koʻradi} (Niso 123) degan oyati haqida soʻragan edi, u: «Rasululloh ﷺdan soʻraganimdan beri bu haqda mendan hech kim soʻramagan edi», dedi va Rasululloh ﷺ: ‹Bu — Allohning bandasini boshiga tushadigan isitma va falokat, hatto koʻylagining yengiga qoʻyib yoʻqotib qoʻyib, vahimaga tushadigan narsasiga qadar (boʻladigan ishlar) bilan tanbeh berishidir. Hatto banda gunohlaridan, qizil oltin koʻradan tozalanib chiqqanidek, tozalanib chiqadi›, dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis Oisha hadisidan hasan gʻaribdir, biz uni faqat Hammod ibn Salama hadisidangina bilamiz.