وَعَنْ أَبِي مُوسَى أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " لَا يُصِيبُ عَبْدًا نَكْبَةٌ فَمَا فَوْقَهَا أَوْ دُونَهَا إِلَّا بِذَنَبٍ وَمَا يَعْفُو اللَّهُ عَنْهُ أَكْثَرُ وَقَرَأَ: (وَمَا أَصَابَكُمْ مِنْ مُصِيبَةٍ فَبِمَا كَسَبَتْ أَيْدِيكُمْ وَيَعْفُو عَن كثير) رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Bandaga hech qanday musibat — undan kattasi boʻladimi yoki kichigi — gunoh sababidan boshqa narsa bilan yetmaydi. Alloh kechiradigan (gunohlar) esa undan ham koʻpdir», dedilar va: {Sizlarga yetgan har qanday musibat oʻz qoʻllaringiz qilgan (gunohlar) sababidandir, (Alloh) koʻp (gunohlarni) afv etadi} (Shoʻro 30) (oyatini) oʻqidilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat shu yoʻldan bilamiz.