وَعَنْ أَنَسٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " إِذَا ابْتُلِيَ الْمُسْلِمُ بِبَلَاءٍ فِي جَسَدِهِ قِيلَ لِلْمَلَكِ: اكْتُبْ لَهُ صَالِحَ عَمَلِهِ الَّذِي كَانَ يَعْمَلُ فَإِنْ شَفَاهُ غَسَّلَهُ وَطَهَّرَهُ وَإِنْ قَبَضَهُ غَفَرَ لَهُ وَرَحِمَهُ ". رَوَاهُمَا فِي شرح السّنة
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Musulmon kishi tanasida biror balo bilan sinalganda, farishtaga: ‹Unga qilib yurgan solih amallarini yozib bor›, deyiladi. Bas, agar (Alloh) unga shifo bersa, uni (gunohlaridan) yuvib poklaydi; agar jonini olsa, uni magʻfirat qilib, unga rahm etadi», dedilar. Bularning ikkalasini ‹Sharh us-sunna›da rivoyat qilgan.