وَعَنْ أَنَسٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " إِنَّ الرَّبَّ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَى يَقُولُ: وَعِزَّتِي وَجَلَالِي لَا أُخْرِجُ أَحَدًا مِنَ الدُّنْيَا أُرِيد أَغْفِرَ لَهُ حَتَّى أَسْتَوْفِيَ كُلَّ خَطِيئَةٍ فِي عُنُقِهِ بِسَقَمٍ فِي بَدَنِهِ وَإِقْتَارٍ فِي رِزْقِهِ ". رَوَاهُ رزين
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Rabb subhonahu va taolo aytadi: ‹Izzatim va jalolimga qasamki, Men magʻfirat qilishni istagan biror kimsani dunyodan chiqarmayman, toki uning boʻynidagi har bir xatosini tanasidagi kasallik va rizqidagi tanglik bilan toʻliq (undirib) olmagunimcha›», dedilar. Razin rivoyat qilgan.