وَعَنْ أُمِّ سَلَمَةَ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا حَضَرْتُمُ الْمَرِيضَ أَو الْمَيِّت فَقولُوا خيرا فَإِن الْمَلَائِكَةَ يُؤَمِّنُونَ عَلَى مَا تَقُولُونَ» . رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Umm Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bemor yoki mayyit oldida hozir boʻlganingizda, yaxshi (soʻz) aytinglar, chunki farishtalar sizlar aytgan (soʻz)ga ‹omin› deydilar», — dedilar. (Umm Salama) dedi: Abu Salama vafot etganida, men Paygʻambar ﷺ ning oldilariga keldim-da: «Yo Rasululloh! Abu Salama vafot etdi», — dedim. U zot: «‹Allohummagʻfir liy va lahu va aʼqibniy minhu uqbaa hasanah› (Ey Allohim, meni va uni magʻfirat qilgin va menga undan keyin yaxshi oqibat ato etgin), — deb ayt», — dedilar. (Umm Salama) dedi: Shunda men (shuni) aytdim, soʻng Alloh menga undan koʻra men uchun yaxshiroq boʻlgan Muhammad ﷺ ni (oqibatda) ato etdi.