وَعَنْ أُمِّ سَلَمَةَ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مَا مِنْ مُسْلِمٍ تُصِيبُهُ مُصِيبَةٌ فَيَقُولُ مَا أَمَرَهُ اللَّهُ بِهِ: (إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ) اللَّهُمَّ أَجِرْنِي فِي مُصِيبَتِي وَاخْلُفْ لِي خَيْرًا مِنْهَا إِلَّا أَخْلَفَ اللَّهُ لَهُ خَيْرًا مِنْهَا ". فَلَمَّا مَاتَ أَبُو سَلمَة قَالَت: أَيُّ الْمُسْلِمِينَ خَيْرٌ مِنْ أَبِي سَلَمَةَ؟ أَوَّلُ بَيْتِ هَاجَرَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثُمَّ إِنِّي قُلْتُهَا فَأَخْلَفَ اللَّهُ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ مُسلم
Umm Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: men Rasululloh ﷺ ning shunday deganlarini eshitdim: «Qaysi bir musulmonga musibat yetsa-yu, u Alloh oʻziga buyurgan: ‹Innaa lillaahi va innaa ilayhi roojiʼuun. Allohumma ʼjurniy fiy musiybatiy va axlif liy xoyron minhaa› (Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytguvchimiz. Ey Allohim, musibatim uchun menga ajr ber va menga undan koʻra yaxshiroq narsani ato et), — desa, Alloh albatta unga undan koʻra yaxshiroq narsani ato etadi». (Umm Salama) dedi: Abu Salama vafot etganida, men: «Musulmonlardan qaysi biri Abu Salamadan koʻra yaxshiroq? — Rasululloh ﷺ ga eng avval hijrat qilgan xonadon shu (xonadon) edi-ku», — dedim. Soʻng men ana shu (duo)ni aytdim, shunda Alloh menga Rasululloh ﷺ ni ato etdi. (Umm Salama) dedi: Rasululloh ﷺ menga Hotib ibn Abu Baltaani oʻzlari uchun (meni) sovchilikka yubordilar. Men: «Mening qizim bor va men rashkchi (ayol)man», — dedim. Shunda u zot: «Uning qiziga kelsak, biz Allohga uni (Umm Salamani) undan (uning tashvishidan) behojat qilishini duo qilamiz; rashk(ing)ni esa ketkazishini Allohdan soʻrayman», — dedilar.