وَعَنْ نَافِعٍ أَبِي غَالِبٍ قَالَ: صَلَّيْتُ مَعَ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ عَلَى جَنَازَةِ رَجُلٍ فَقَامَ حِيَال رَأسه ثمَّ جاؤوا بِجَنَازَةِ امْرَأَةٍ مِنْ قُرَيْشٍ فَقَالُوا: يَا أَبَا حَمْزَةَ صَلِّ عَلَيْهَا فَقَامَ حِيَالَ وَسَطِ السَّرِيرِ فَقَالَ لَهُ الْعَلَاءُ بْنُ زِيَادٍ: هَكَذَا رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَامَ على الْجِنَازَة مَقَامَكَ مِنْهَا؟ وَمِنَ الرَّجُلِ مَقَامَكَ مِنْهُ؟ قَالَ: نَعَمْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَفِي رِوَايَةِ أَبِي دَاوُدَ نَحْوُهُ مَعَ زِيَادَةٍ وَفِيهِ: فَقَامَ عِنْد عجيزة الْمَرْأَة
Abu Gʻolib (rahimahulloh) aytadi: Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) bilan birga bir erkak kishining janozasi ustida namoz oʻqidim. U (Anas) (oʻlikning) boshi roʻparasida turdi. Soʻng Qurayshlik bir ayolning janozasini olib kelishdi va: «Ey Abu Hamza, uning ustida namoz oʻqing», dedilar. U esa taxtaravonning oʻrtasi roʻparasida turdi. Alo ibn Ziyod unga: «Sen Nabiy ﷺni janoza ustida shunday — ayol ustida sen turgan oʻringda, erkak ustida ham sen turgan oʻringda turganlarini koʻrganmiding?» dedi. U: «Ha», dedi. (Namozdan) boʻshagach, u: «(Buni) yodda saqlanglar», dedi. Bu bobda Samuradan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Anasning bu hadisi hasandir. Buni Hammomdan bir nechalari shunga oʻxshash rivoyat qilishgan. Vakiʼ bu hadisni Hammomdan rivoyat qilib, unda adashdi va: «Gʻolibdan, u Anasdan», dedi. Sahihi esa «Abu Gʻolibdan»dir. Bu hadisni Abdulvoris ibn Saʼid va bir nechalari Abu Gʻolibdan Hammomning rivoyatiga oʻxshash rivoyat qilishgan. Bu Abu Gʻolibning ismida ixtilof qilishgan: baʼzilari «ismi Nofiʼ» desa, «Rofiʼ» ham deyiladi. Baʼzi ahli ilm shunga borishgan, bu Ahmad va Ishoqning soʻzidir.