عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي لَيْلَى قَالَ: كَانَ ابْن حنيف وَقيس ابْن سَعْدٍ قَاعِدَيْنِ بِالْقَادِسِيَّةِ فَمُرَّ عَلَيْهِمَا بِجَنَازَةٍ فَقَامَا فَقيل لَهما: إِنَّهَا مِنْ أَهْلِ الْأَرْضِ أَيْ مِنْ أَهْلِ الذِّمَّةِ فَقَالَا: إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَرَّتْ بِهِ جَنَازَةٌ فَقَامَ فَقِيلَ لَهُ: إِنَّهَا جَنَازَة يَهُودِيّ. فَقَالَ: «أليست نفسا؟»
Abdurrahmon ibn Abu Laylo (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Sahl ibn Hunayf va Qays ibn Saʼd Qodisiya shahrida oʻtirgan edi. Bir janoza ularning oldidan oʻtdi va ular (oʻrnidan) turdi. Ularga — bu janoza oʻsha yer aholisidan birining (yaʼni zimmiy, musulmonlar himoyasidagi gʻayridinning) janozasi — ekanligi aytildi. Ular: «Bir janoza Paygʻambar ﷺ ning oldilaridan oʻtdi va u zot turdilar. U zotga — bu yahudiyning tobuti — ekanligi aytilgach, u zot: ‹U (ham) jon (egasi) emasmidi?› — dedilar», — dedi.