عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَعَثَ مُعَاذًا إِلَى الْيَمَنِ فَقَالَ: «إِنَّك تَأتي قوما من أهل الْكتاب. فَادْعُهُمْ إِلَى شَهَادَةِ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَأَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللَّهِ. فَإِنْ هُمْ أطاعوا لذَلِك. فَأَعْلِمْهُمْ أَنَّ اللَّهَ قَدْ فَرَضَ عَلَيْهِمْ خَمْسَ صَلَوَاتٍ فِي الْيَوْمِ وَاللَّيْلَةِ. فَإِنْ هم أطاعوا لذَلِك فأعلمهم أَن الله قد فرض عَلَيْهِم صَدَقَة تُؤْخَذ من أغنيائهم فَترد فِي فُقَرَائِهِمْ. فَإِنْ هُمْ أَطَاعُوا لِذَلِكَ. فَإِيَّاكَ وَكَرَائِمَ أَمْوَالِهِمْ وَاتَّقِ دَعْوَةَ الْمَظْلُومِ فَإِنَّهُ لَيْسَ بَيْنَهَا وَبَين الله حجاب»
Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ meni (Yamanga) yubordilar va: «Albatta sen Ahli kitobdan boʻlgan bir qavmga borasan. Bas, ularni Allohdan boshqa iloh yoʻq va men Allohning Rasuli ekanimga guvohlik berishga daʼvat qil. Agar ular bunga itoat qilsalar, ularga xabar berki, Alloh ularga har kunu tunda besh (vaqt) namozni farz qildi. Agar ular bunga itoat qilsalar, ularga xabar berki, Alloh ularga boylaridan olinib, kambagʻallariga qaytariladigan sadaqani (zakotni) farz qildi. Agar ular bunga itoat qilsalar, sen ularning mollarining sarasini (eng yaxshisini olishdan) ehtiyot boʻl; va mazlumning duosidan saqlan, chunki u bilan Alloh orasida (toʻsiq) parda yoʻq», dedilar.