وَعَنْ عَتَّابِ بْنِ أَسِيدٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ فِي زَكَاةِ الْكُرُومِ: «إِنَّهَا تُخْرَصُ كَمَا تُخْرَصُ النَّخْلُ ثُمَّ تُؤَدَّى زَكَاتُهُ زَبِيبًا كَمَا تُؤَدَّى زَكَاةُ النَّخْلِ تَمْرًا» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد
Attob ibn Asiyd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ odamlar ustiga ularning uzumzor va mevalarini chamalaydigan kishini yuborar edilar. Shu isnod bilan (rivoyat qilinadiki), Nabiy ﷺ uzum zakoti haqida: «U xurmo chamalanganidek chamalanadi, soʻng uning zakoti xurmoning zakoti quruq xurmo (tamr) bilan adolatganidek, mayiz bilan adolanadi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Bu hadisni Ibn Jurayj Ibn Shihobdan, u Urvadan, u Oishadan rivoyat qilgan. Men Muhammaddan (Buxoriydan) bu hadis haqida soʻradim, u: «Ibn Jurayjning hadisi mahfuz emas, Ibn Musayyabning Attob ibn Asiyddan (rivoyati) esa mustahkamroq va sahihroqdir», dedi.