وَعَنْ سَهْلِ بْنِ أَبِي حَثْمَةَ حَدَّثَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقُولُ: «إِذَا خَرَصْتُمْ فَخُذُوا وَدَعُوا الثُّلُثَ فَإِنْ لَمْ تَدَعُوا الثُّلُثَ فَدَعُوا الرُّبُعَ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
Sahl ibn Abu Hasma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u: «Rasululloh ﷺ: ‹Hosilni chamalaganingizda (xars qilganingizda), oling va uchdan birini qoldiring; agar uchdan birini qoldirmasangiz, choragini qoldiring›, der edilar», deb rivoyat qildi. Abu Iso aytdi: Ilm ahlining koʻpchiligi huzurida xars (chamalash) borasida Sahl ibn Abu Hasmaning hadisiga amal qilinadi. Sahl ibn Abu Hasmaning hadisi bilan Ahmad va Ishoq aytadilar. Xars shuki, qachon meva — yangi xurmo va uzumdan zakot vojib boʻladigani — yetilganda, hokim chamalovchini yuboradi, u ularning (hosilini) chamalaydi. Xars deganda, buni koʻra biladigan kishi nazar solib: ‹Bundan mayizdan shuncha, xurmodan shuncha chiqadi›, deydi. Soʻng ularga (miqdor) belgilanadi va undan ushrning miqdori qaraladi-da, ularga (qarz qilib) qayd etiladi. Soʻng ular bilan meva orasiga erkinlik beriladi, ular xohlaganini qiladilar. Meva yetilganda esa ulardan ushr olinadi. Ilm ahlidan baʼzilari shunday tafsir qilgan. Molik, Shofiiy, Ahmad va Ishoq shuni aytadilar.