وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم: «من سَأَلَ النَّاسَ وَلَهُ مَا يُغْنِيهِ جَاءَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَمَسْأَلَتُهُ فِي وَجْهِهِ خُمُوشٌ أَوْ خُدُوشٌ أَوْ كُدُوحٌ» . قِيلَ يَا رَسُولَ اللَّهِ وَمَا يُغْنِيهِ؟ قَالَ: «خَمْسُونَ دِرْهَمًا أَوْ قِيمَتُهَا مِنَ الذَّهَبِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ والدارمي
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kimda oʻzini boy qiladigan narsa boʻlsa-yu, (shunga qaramay) odamlardan soʻrasa, qiyomat kunida tilanganligi yuzida tirnoq yoki chizilgan yara yoxud chandiq boʻlib keladi», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, uni boy qiladigan narsa nima?» deyildi. U zot: «Ellik dirham yoki uning oltindagi qiymati», dedilar. (Rovi) aytdi: Bu bobda Abdulloh ibn Amrdan (ham hadis) bor. Abu Iso aytdi: Ibn Masʼudning hadisi hasandir. Shuʼba shu hadis sababli Hakim ibn Jubayr haqida (tanqidiy) gapirgan.